Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Vahshiy qotillik! Toshkentda erkak o'ldirilib, murdasi parchalab tashlandi

7 may kuni soat 10:00 larda 1989 yil tug'ilgan Uchtepa tumani, Dilnavo ko'chasida yashovchi R.R. uyidan chiqib ketib, bedarak yo'qolgan.

Voqea sodir bo'lgan kuni R.R. Lacetti rusumli avtomobilida uyidan chiqib ketib qaytib kelmagan.
O'tkazilgan tezkor-tergov harakatlar davomida aniqlanishicha, Yunusobod tumani, Bog'i-shamol ko'chasida yashovchi 1990 yilda tug'ilgan, sudlangan J.A. unga muqaddam sotib olish sharti bilan ijaraga avtomashina bergan tanishi R.R. puldorligini bilib, tanishi 1991 yilda tug'ilgan, sudlanmagan M.M. va S.A. (ayol) bilan til biriktirgan.
Telegram messenjeri orqali R.R. bilan ayol kishi sifatida tanishib, SMS xabarlar orqali muloqotda bo'lgan va 7 may kuni soat 14:00 larda S.A. yordamida R.R.ni o'zi yashab kelayotgan xonadonga jalb qilib, xonadon ichida M.M. bilan birga R.R.ga hujum qilib, urib-do'pposlab, qo'l va oyoqlarini arqon bilan bog'lab, uning shimi orqa cho'ntagida bo'lgan 400 AQSh dollari va 1 000 000 so'm miqdoridagi pul mablag'larini qo'lga kiritgan.
Shuningdek R.R.ni xonadonda ushlab turib, undan pul berishni talab qilib, uning uyali telefonidagi Telegram mesendjeri orqali ota-onasi I.P. va N.P. bilan R.R. nomidan SMS xabarlar almashgan. R.R.ni otasi I.P. bilan telefon orqali gaplashtirib va do'sti M.S.ni uyidan 29 000 AQSh dollarini oldirib, shu kuni soat 21:45 larda Yunusobod tumani, Markaz-5 dahasi, Sh.Rashidov ko'chasidagi Germaniya elchixonasi ro'parasida M.S. bilan uchrashib, 29 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag'larini bosqinchilik yo'li bilan qo'lga kiritgan.
So'ngra, J.A. sodir etgan jinoyatlarini yashirish maqsadida, 8 may soat 01:00 larda R.R.ga pichoq tirab, qo'l va oyoqlari bog'langan holda uyidan yetaklab chiqib, qurbonning o'zi ushbu manzilga boshqarib kelgan Lacetti rusumli avtomashinasi yukxonasiga majburan yotqizib, ikki kun avval ijaraga olingan Yashnobod tumani, Asalobod ko'chasi, 17/17-uyga olib borgan. Avtomashinani hovliga olib kirib, yukxonadan R.R.ni tushurib, uni yetaklab, ushbu uyning ayvon xonasiga olib kirib, o'zi bilan olib kelgan bita bilan R.R.ning bosh va tanasining turli qismlariga urib, qasddan o'ldirgan.
Shundan so'ng, J.A. yollanma ishchilar yordamida mazkur xovlida chuqur qazdirib, soat 21:00 larda o'zi bilan olib kelgan pichoq bilan R.R.ning murdasining bo'laklarga ajratib, qazdirgan chuqurga ko'mib yuborib, hodisa joyidan yashiringan.

To'plangan hujjatlarga ko'ra, J.A.ning harakatlarida qasddan odam o'ldirish jinoyat tarkibi mavjudligini hisobga olib, jinoyat ishi Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan JKning 137-moddasi 1-qismidan JKning 97-moddasi 2-qismi “i” bandi va 164-moddasi 3-qismi “g” bandiga qayta malakalangan. Gumondorlar qo'lga olingan.


Manba:hordiq.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4649 | Рейтинг: 0| Рейтинг: murdasi, parchalab tashlandi, o'ldirilib, Vahshiy qotillik, Erkak, Toshkent
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:48
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное