Toshkentda 77 yoshli erkak o‘zini to‘qqizinchi qavatdan tashlab yubordi
Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida keksa yoshli erkak to‘qqiz qavatli uydan sakrab o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Repost nashriga tayanib Daryo.uz xabar bermoqda. Qayd etilishicha, mudhish voqea haqida tuman IIBga 14 iyul kuni ma’lumot kelib tushgan. Tergov davomida aniqlanishicha, 1943 yilda tug‘ilgan erkak ko‘pqavatli uyning to‘qqizinchi qavatidan sakrab o‘z joniga qasd qilgan. Erkak uchta neyrojarrohlik operatsiyasini boshdan o‘tkazgan bo‘lib, yana bitta operatsiya qilinishi kerak bo‘lgan. So‘nggi kunlarda u o‘z joniga qasd qilish haqida tez-tez gapirgan.