2019 yil 5 martdan «O‘zbektelekom» AK «O‘zMobayl» filiali GSM standartidagi abonentlar uchun internet-paketlarining global o‘zgarishlarini e’lon qilmoqda, deb xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, narxlar pasaymoqda, trafik o‘lchamlari esa 50 ming megabaytga oshirilmoqda.
Internet-paketlarning amal qilish muddati 30 kun. Shuning uchun 50 megabaytdan 50 000 megabaytgacha bo‘lgan 10 ta internet-paketni, kundalik va har qanday vaziyatda foydalanish uchun taklif etiladi.
Yanada ko‘proq qulaylik yaratish uchun, avtomatik ravishda uzaytiriladigan «Internet non-stop» paketlari mavjud bo‘lib, ularning afzalliklari foydalanishning ikkinchi oyidan boshlab tariflar narxi pasayadi. TAS-IX internet-paketlari yordamida foydalanuvchilar TAS-IX tarmog‘ida joylashgan resurslardan qulay narxlarda foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 24 soat amal qiladigan kundalik hayot uchun mo‘ljallangan internet-paketlar ham taqdim etiladi.
2019 yil 5 martdan boshlab o‘zgartirishlar kiritiladigan internet paketlar haqida kompaniya rasmiy saytidan batafsil ma’lumot olish mumkin.