Xalqimizda “ayol makri” degan ibora mavjud, uni hammamiz ko‘p bora eshitganmiz, ammo ayol bu “makr”ni ijobiy ma’noda ishlatsa-chi? Quyida ularning keng tarqalgan 7 tasi bilan “Vyku.ru” nashri tanishtiradi.
1. Aptekadan yog‘li Ye vitamini kapsulasini sotib oling, uni ehtiyotkorlik bilan siqib chiqarib, yuzingizga surting, 30 daqiqadan so‘ng ustidan tuxum oqini surtib, yana 30 daqiqa kuting. Keyin yuzingizni sovuq suvda yuving. Bu niqob yuzingizni husnbuzarlardan tozalab, teri teshiklarini ochadi. Undan muntazam ravishda foydalansangiz, yuz teringiz silliqlashib, yorqinlashadi.
2. Mabodo yuz teringizni tozalamoqchi bo‘lsangiz, buning eng yaxshi yo‘li soda va bir necha tomchi 3 % perekis vodorodidir. Bu aralshamani yuzingizga surtib, aylanma harakatlar bilan massaj qiling.
3. Bir hafta mobaynida keraksiz tuklardan xalos bo‘lish uchun 2 osh qoshiq qahva quyqasiga 1 choy qoshiq soda qo‘shing. Bu aralashma tuk follikulalari faoliyatini sekinlashtiradi.
4. Bolalar sovuni tuklarni qirish uchun ishlatiladigan krem o‘rnini bosadi. Undan oyoq tuklarini tozalayotganda foydalansangiz, bu jarayon yengil o‘tadi. Tig‘ning dami ham keskirligini uzoq vaqt saqlaydi.
5. Uy sharoitida qo‘laki skrabni 1:1 hisobda zaytun yog‘iga qo‘shilgan asal, shakar yordamida tayyorlash mumkin. Bunday skrabdan keyin oyolar yumshoq va sog‘lom ko‘rinishga ega bo‘ladi.
6. Oddiy shampunga birozgina soda qo‘shib, sochlaringizni yuvsangiz, ular mayin va siz kutmagan darajadagi hajmga ega bo‘ladi. Yelim qotgandan keyin uni xuddi skotchdek shilib oling, qarabsizki, tirnog‘ingiz lakdan toza bo‘ladi
7. Tirnog‘ingizdagi lakni o‘chiruvchi vosita qolmagan bo‘lsa, bundan tashvishga tushmang. Uyingizda oddiygina PVA yelimi bo‘lsa, uni lak surtilgan tirnog‘ingiz ustiga surtib qo‘ying.