Taniqli psixoterapevt M. Geri Nyuman erkak kishi qalbini zabt etishning ilmiy asoslangan usullarini sanab o‘tdi. Albatta, mazkur usullar orqali istalgan erkakning qalbiga yo‘l topish mumkin, deb kafolat bera olmaymiz, biroq mazkur usullar sizning imkoniyatlaringizni oshiradi.
1. Uning ko‘zlariga qarab so‘zlang
Garvard universiteti psixologlarining hisoblab chiqishicha, sevishgan juftliklarning 75 foizi bir-birining ko‘zlariga tik qarab so‘zlashadi. Bu narsa ularning orasida yaqinlikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Shunday ekan sevgan odamingiz qarshisida asabiylashib, nigohingizni olib qochmay, unga tik qarab so‘zlang.
2. Uni shaxs sifatida qabul qilib, barcha so‘zlariga diqqat bilan quloq soling
Nevada va Vashington universiteti mutaxassislarining tadqiqotlari natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, agar siz yaxshi tinglovchi bo‘lsangiz, kimningdir sizni yoqtirib qolish imkoniyati yuqori bo‘ladi. Odamlar kimdir uni diqqat bilan tinglasa, qiziqish bildirsa, o‘sha odamga nisbatan mehr uyg‘onadi. Tinglayotganda, uning so‘zlarini bo‘lmang, xayrixohlik bildiring, mavzuni o‘zingizga burmang.
3. Uni yuqori baholang, u o‘zini zo‘r odam deb his qilsin
Nyumanning hisob-kitobi bo‘yicha uning 48 % mijozi juftining uning imkoniyatlarini past baholagani uchun norozi bo‘lgan. Sevgan odamingizning har bir harakatidan, aqlidan, fazilatlaridan, yutuqlaridan hayratga tushing, shunda uning butun diqqat-e’tibori sizga qaratiladi.
4. Tez-tez tabassum hadya qiling
Dreyk universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, tabassum nafaqat inson ko‘rkidir, balki tabassum boshqalarni o‘ziga rom etish vositasidir ham. Bundan tashqari u sizni g‘alabaga erishgan, o‘ziga ishongan ayol qiyofasiga kirishingizga yordam beradi.
5. Uning asosiy qiziqishlarini qabul qiling
Agar u baliq tutishga qiziqsa yoki biror bir xobbisi bo‘lsa va bu haqda sizga gapirsa, demak u qiziqishlarini siz bilan bo‘lishish istagida bo‘ladi. Siz uning qiziqishlarini diqqat bilan tinglasangiz, qo‘llab-quvvatlasangiz, sizni qadrlay boshlaydi.