Unitazdan chiqqan ilon hojatxonadagi erkakni chaqib oldi
Tailandning Nonthaburi shahrida hojatxonada o‘tirgan erkakni unitazdan chiqqan ilon chaqib oldi. Bu haqda “The Thaiger” xabar berdi.
Qayd etilishicha, hojatxonaga kirgan Uitun Sonapun ismli 62 yoshli erkakni unitaz ichidan sudralib chiqqan ilon chaqib olgan. U darhol kasalxonaga yotqizilgan hamda kerakli muolajani olgan.
Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, ilon juda katta bo‘lgan va ehtimol piton bo‘lishi mumkin. Erkak bu ilonning uning uyiga birinchi marta “tashrif buyurishi” emasligini, shu yilning 14 mart kuni ham u bir kunda uch marta unitazdan boshini chiqarganini ta’kidlagan. Shunga qaramay, erkak ilon chiqqanidan to‘rt kun keyin ham hojatxonasiga kirishga jur’at qilgan.
Sonapun oldin ham bunday holatlar haqida eshitgani, biroq bu qanday bo‘lishini tasavvur ham qilmaganini aytgan. Uning oilasi pitonni tutish uchun butun unitazni demontaj qilshiga to‘g‘ri kelgan. Ammo uning izi topilmagan va hozirda ilon “ozodlikda” ekani ma’lum qilingan.
Shifokorlarning aytishicha, pitonlar zaharli ilonlar turkumiga kirmaydi. Shunday bo‘lsa ham, ular qattiq chaqishi va hajmiga qarab katta jarohat yetkazishi mumkin.