Ummon qachon fonogrammada kuylashdan voz kechishini ma’lum qildi
“Ummon” guruhi yigitlari har yangi konsert dasturida jonli ijrodagi qo‘shiqlari sonini ko‘paytirishni niyat qilgan. Bu haqda guruh vakillari “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
— “Ummon” guruhi yigitlari qachon fonogrammadan voz kechadi?
Guruh a’zosi Zohid: — Qachon hamma xonandalar voz kechishsa, o‘shanda (kuladi). Vaqti keladi, biz ham jonli ijrodagi konsertlar taqdim etamiz. Har yangi konsert dasturimizda joni ijrodagi qo‘shiqlarimiz sonini ko‘paytirishni niyat qilganmiz.