Ulug'bek Rahmatullayev 1982-yil 29-yanvar kuni Toshkent
shahrida tavallud topdi. Bolaligida Ulug'bek juda ham sho'x bo'lgan. Maktabda
ham o'qishga sira hohishi bo'lmagan. Xattoki u beshta maktabga borgan va
nihoyat u 8-o'rta maktabni bir amallab tamomlaydi. Bog'cha va maktablardagi
musiqa asboblari, ayniqsa mikrofonni olib qo'shiq kuylab, she'r aytishni juda
ham sevardi. Maktabni bitirgandan so'ng Ulug'bek Raxmatullayev Toshkent Davlat
Sharqshunoslik institutining "Markaziy Osiyo Xalqlari tarixi"
fakultetini tamomlaydi. San'at borasida esa u ilk ijodini 1999-yilda
"Yorim yoniga borsam" qo'shig'i bilan boshlaydi. Bu qo'shiq xit
tarona darajasiga yetadi. So'ng 2004-yilda esa yoshlarning sevimli shoiri Bobur
Bobomurod qalamiga mansub bo'lgan "Oydin, oydin kechalar",
"Sevma", "Sen ketding" va "Kapalak" qo'shiqlari
hamda Ulug'bek Raxmatullaevning barcha-barcha qo'shiqlari xit darajaga yetgan.
Hozirgi vaqtgacha xonandaning 70dan ortiq qo'shiqlari, 20dan oshiq kliplari va
"Sevma", "Sen ketting", "Kapalak" albomlari o'z
muhlislari yuragidan joy olgan. Ulug'bek Rahmatullayev ko'pgina Davlat
mukofotlariga ham sazovor bo'ldi. 2007-yil "Nihol" mukofotini, hamda
huddi shu yili M&TVA AWARDS taqdimotida "Yilning eng yaxshi erkak
xonandasi" va "Eng yaxshi klip" uchun nominatsiyasini qo'lga
kiritdi.