Yaqinda internet saytlaridan biri O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Ulug'bek Rahmatullayev bilan intervyu uyushtirdi. Unla jurnalistning «San'atga endigina qadam qo'ygan paytingizda Sardor bilan birga ishlagansizlar. Uning san'atdan ketishiga qanday qaraysiz?» degan savoliga Ulug'bek Rahmatullayev quyidagicha javob berdi!
– Sardor radioda faoliyat yuritib yurgan paytda yoniga ko'p borganman. O'sha payti radioda Sardor birinchi raqamli boshlovchilardan edi. Qo'shiqlarimni ommalashtirib, radioda aylantirib berardi. Gohida u menga qo'shiqchilikka rosa qiziqishini aytib, o'zi yozgan qo'shiqlarini eshittirgan.
Bir kuni u menga telefon qilib, radiodan ketdim, dedi. Xayron bo'lib qoldim. Mashhur radioboshlovchi darajasiga chiqish oson emas. Navro'z radiosida eng ko'p xat Sardorga kelardi.Buning uchun qancha ter to'kish lozim. Shu darajaga erishgandan so'ng undan voz kechish… Endi nima qilasan, degandim qo'shiqchilikni rivojlantiraman, shu yo'lda o'zimni sinab ko'raman, dedi.
Mana, bir san'atkor orzu qilgan natijaga erishdi – xit qo'shiqlar, gastrollar, obro'-e'tibor. Endi esa san'atdan ham ketishga qaror qildi. Bu qarorini hurmat qilish lozim.