O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Ulug'bek Rahmatullayev o'zining instagramdagi sahifasida ajoyib bir qatra joylashtirdi. Uning tarbiyaviy ahamiyati juda beqiyos. Bu hikmatli hikoyatni sizga ham ilindik.
«Tuproq oynaga dedi:
– Senga judayam havasim keladi. Chunki senga qaragan kishi o'zini ko'radi. Menga boqqanda esa faqat meni ko'radi, xolos.
Oyna javob berdi:
– Ey tuproq, behuda g'am chekyapsan. Men yuzimga boqqanlarning buguninigina ko'rsataman. Sen esa kishilarga ertalaridan xabar berasan.
Javob tuproqqa yoqdi, ammo taskin bo'lolmadi. Bir ozdan keyin yana gap boshladi:
– Balki meni yupatish uchungina aytayotgandirsan bu gapni? Chunki hech kim hech qachon sendan yuz burib, menga qaramaydi-ku!
– Qaraydi, – javob qildi oyna. – Menga qarashga yuzi qolmaganlarning ko'zi doim sen tomonga qaraydi…»
Xonanda bu so'zlarni ne maqsadda yozgani esa bizga qorong'u..