WBO yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni, ukrainalik bokschi Vasiliy Lomachenko kubalik Gilermo Rigondo bilan bahs boyladi. Aytilishicha, 1 mln dollarlik bahs bokschilar Twitter’da o‘zaro xabar almashayotgan chog‘da boylangan.
17 avgust Lomachenko o‘z mikroblogida Rigondo bilan jang qilish niyatini bildirdi. Bunga javoban kubalik sportchi 1 mln dollarga garov o‘ynashni taklif qildi. Yutqizgan aynan shu miqdordagi pulni g‘olibga berishi kerak bo‘ladi. Lomachenko shartga rozi bo‘ldi.
Bokschilarning promouterlari o‘rtasidagi muzokaralar bir necha oydan buyon davom etmoqda. Asosiy muammo jang qaysi vazn toifasida o‘tkazilishi bo‘lib turibdi, negaki, Lomachenko o‘rta yengil vaznda (57.15 kg gacha), 34 yoshli Rigondo esa ikkilamchi eng yengil vaznda (55.22 kg gacha) jang qilishadi.
Rigondo havaskor boksdagi eng kuchli sportchilardan biri hisoblanadi. Havaskor boksda u 475 uchrashuv o‘tkazib, 12 marta mag‘lubiyatga uchragan, 2000 va 2004 yillardagi Olimpiya o‘yinlarida g‘olib bo‘lgan. Professional karerasida esa 15ta g‘alaba qozonib, WBO va WBA yo‘nalishlarida chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan.
27 yoshli Lomachenko ham ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibidir (2008, 2012). Havaskor boksda u 397 o‘yin o‘tkazib, bir martagina mag‘lub bo‘lgan. Professional karerasi mobaynida Lomachenko 4 marta g‘alab qozongan, 1 marta yengilgan. Mayk Tayson uni Sharqiy Yevropaning eng kuchli bokschisi deb atagan edi.