Ucell’dan raqamni bir yilgacha saqlab qolish xizmati!
Ko‘plab abonentlar uzoq muddatga chet elga ketayotib, o‘z mobil raqamini saqlab qolishni istagan vaziyatga duch kelgan. Ucell kompaniyasi bunday vaziyatlar uchun yechim topdi va raqamni yarim yilgacha, hattoki bir yilgacha saqlab qolish uchun noyob imkoniyat taklif etmoqda.
Yangi “Raqamni saqlab qolish” xizmati bilan siz kompaniya xizmatlaridan uzoq muddat foydalanmagan holda o‘z abonent raqamingizni 6 yoki 12 oyga saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Bunda raqam hisobidan barcha sarf-xarajatlar va faol xizmatlar amal qilishi to‘xtaydi, barcha bonus balanslar saqlanib turadi. Xizmat narxi olti oy uchun 3,9 dollarni, 12 oy uchun 6,9 dollarni tashkil etadi.
Yangi texnologiyalar va innovatsiya xizmatlari guruhi rahbari Rustam Hamdamov ushbu xizmatga quyidagicha izoh berdi: “Ucell kompaniyasi doimo tahlil qilib boradi va abonentlarga bizning tarmog‘imizda qulayroq bo‘lishi uchun imkoniyatlarni izlaydi. Uzoq muddatga chet elga ketuvchi mijozlar uchun eng jiddiy muammolardan biri raqamni saqlab qolishdir. Bugun raqam kundalik hayotimizning ajralmas qismi hisoblanadi, uni hamma biladi: yaqinlarimiz, do‘stlarimiz, tanishlarimiz. Ko‘pincha esa u biznesning ham muhim qismi bo‘ladi. Biroq ko‘p hollarda hisob o‘z vaqtida to‘ldirilmasligi shartnoma bekor qilinishiga va raqam yo‘qotilishiga olib keladi. Biz ushbu zaruratga tushungan holda yondashdik va yangi xizmatni ishlab chiqdik. Endi abonentlarimiz hisobda raqam faol qolishi uchun zarur mablag‘ borligi haqida qayg‘urmasdan, o‘z ishlari bilan bemalol shug‘ullanishlari mumkin”.
Ucell’dan “Raqamni saqlab qolish” xizmatini abonent mustaqil ravishda *145*1# raqamiga so‘rov yuborib yoki kompaniya rasmiy saytidagi ushbu sahifada berilgan batafsil qo‘llanma yordamida faollashtirishi mumkin.
Reklama huquqi asosida