Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Tanho malagim - Soundtreck
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Qish Sanatasi-Soundtreck2
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Qo'rqmas - soundtreck 2
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Ayol Qalbi - You can't say
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentdagi kameralar kamar taqmagan va telefonda so'zlashgan haydovchilarga jarima yozmoqda


Toshkent shahrining ikkita chorrahasida xavfsizlik kamarini taqmaslik hamda telefonda so'zlashish kabi qoidabuzarliklarni test rejimida qayd etuvchi Xitoyning Hikvision​ kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan videokuzatuv kameralari o'rnatildi.

“Hozir bu ishlar bizning tizimimizni Xitoy uskunasiga moslashtirish va bizning yorqin quyosh nuri, yog'ingarchilik, harorat o'zgarishi kabi iqlim sharoitlarda qanday ishlashini ko'rish uchun test rejimida amalga oshirilmoqda”, — Toshkent YHXB kompyuterlashtirilgan yo'l harakati xavfsizligini boshqarish tizimi bo'limi boshlig'i podpolkovnik Shuhrat Murodov.

Uning so'zlariga ko'ra, bugungi kunda Toshkentdagi 115 ta chorraha zamonaviy videokameralar bilan jihozlangan.

Ular ikki turdagi qoidabuzarliklarni qayd etadi: svetoforning taqiqlovchi signaliga o'tish va tezlikni oshirish.

Toshkentda jami 500 dan ortiq chorrahalar mavjud. 2020—2021 yillar mobaynida ularning barchasiga videokuzatuv kameralarini o'rnatish rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, shaharda jadal sur'atlarda olib borilayotgan qurilish ishlari, ularning natijasida shahar landshaftining o'zgarishi, shuningdek bu ishlarga katta mablag' sarflash zarurati jarayonni tezlashtirishni kechiktirmoqda.

Kelgusida shaharda harakatlanish intensivligini qayd etadigan va YHXB kompyuter tizimi orqali svetoforlarning ishlashini avtomatik ravishda sozlaydigan kameralar o'rnatiladi.

Kamerlarning cheklangan miqdorda o'rnatilishi, shuningdek ko'p sonli chorrahalar, yo'llar, bozorlarga o'rnatishdan oldin ularni sinab ko'rish zarurati bilan izohlanadi.

Qayd etilishicha, Toshkentning 115 ta chorrahasiga o'rnatilgan kameralarga chiroq o'chishi oqibatida elektr ta'minoti yetib bormagan taqdirda ular avtomatik ravishda ushbu chorrahalarga o'rnatilgan javonlardagi ikkitadan akkumulyatorga ulanadi va qoidabuzarliklarni qayd etishni davom ettiradi.

Videokameralardan olingan ma'lumotlar to'g'ridan-to'g'ri YHXB kompyuter tizimining serveriga o'tadi, u yerda avtomatik ravishda qayta ishlanadi va u jarima haqidagi ma'lumot pochta xizmati axborot tizimiga o'tadi, bu esa jarimani qo'llash to'g'risidagi xabarnomalarni yuborishni ta'minlaydi. Ushbu jarayon inson aralashuvisiz amalga oshiriladi.

Avtostrada.uz



Manba:Hordiq.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2043 | Рейтинг: 0| Рейтинг: kamera, kamar taqmagan, Haydovchilar, Toshkent, telefonda so'zlashgan, jarima yozmoqda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:22
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное