Toshkentda bugun, 17-noyabr kuni taxminan 22:35 da kuchli bo‘lmagan zilzila kuzatildi.
Yevropa—O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi xabariga ko‘ra, 5,9 magnitudali zilzila Qirg‘iziston hududida sodir bo‘lgan. Yer silkinishi epitsentri Jaloloboddan 18 km janubi-sharqda 60 km chuqurlikda joylashdi.