9 may kuni soat 21:00 atrofida bayram salyuti bilan deyarli bir vaqtda Toshkentda kuchli shamol esishni boshladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tabiat hodisasi etkazgan zararning oqibatlari aks etgan suratlar joylandi.
Xususan Chilonzor tumanida shamol kuchidan yiqilgan daraxt Nexia avtomobiliga jiddiy zarar etkazdi, uning egasi maxsus texnikadan foydalanishiga to`g`ri keldi.
Ta`kidlash joizki, shamol nafaqat Toshkent, balki unga yaqin hududlarga ham o`z ta`sirini ko`rsatmay qolmadi. Qibray tumanining Geofizika poselkasida shamol bino tomini uchirib ketdi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri Matiz avtomobilini shamoldan qutqarib qolgan qo`shnilariga minatdorchilik bildirgan. U avtomobilini qulflamagan holda uning yonidan ketganini, ustiga tom qulashini sezgan qo`shnilari avtomobilni xavfsiz joyga haydab olib qo`yishganligini yozib ulardan minatdorligini izhor qilgan.
O`zgidromet ma`lumotlariga ko`ra, shamol tezligi 15-20 m/s tashkil qildi.