Toshkentda yuk tashuvchi mototsikllar ishlab chiqariladi
Chang Hao Group MChJning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Lifan rusumli yuk tashuvchi mototsikllar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi.
Korxona asoschisi King Changning so‘zlariga qaraganda, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdan oldin kompaniya O‘zbekiston bozorini o‘rganib chiqqan va aholi orasida yuk mototsikllarining mashhurligini aniqlagan. Bu mashinalarning qulayligi shundaki, kundalik hayotimizda olib yurishimizga to‘g‘ri keladigan yuk yengil avtomobilga sig‘maydi, ayni paytda, bunday ish uchun hamma ham yuk mashinasini xarid qilavermaydi. Bu borada, Changning fikricha, yuk tashuvchi mototsikl eng yaxshi yechimdir.
Ayni paytda ishlab chiqarishning birinchi bosqichi amalga oshirilayotgan bo‘lib, uning doirasida fermerlarga mo‘ljallangan mototexnika ishlab chiqarish korxonasi ishga tushiriladi. Keyinchalik ishlab chiqarish hajmi va yo‘nalishi kengaytirib boriladi.