Toshkentda onlayn tarzda yo‘l harakatini kuzatuvchi videokamera ishga tushirildi
Toshkent shahrining ba’zi chorrahalarida test rejimida yo‘l harakatini videokuzatish sistemasi ishga tushdi. Bu haqda Feysbukdagi “Voditeli Tashkenta” xabar berilgan.
“Hurmatli haydovchilar. Diqqat va e’tiborli bo‘ling. Mirzo Ulug‘bek bog‘i hamda “Bunyodkor” stadioni yonidagi chorrahada onlayn videokuzatuv kameralari sinov tartibida ishlamoqda”, – deb yozadi guruh a’zolaridan biri.
Yangi sistemaning ishga tushganini boshqa foydalanuvchilar ham tasdiqlagan.
Ushbu sistema Toshkentdagi 120ta chorrahaga o‘rnatilishi rejalashtirilgan. U avtomobil davlat raqami, tezligi hamda qizil chiroqda o‘tish kabi qoidabuzarliklarni aniqlay oladi.