Toshkentda muqaddam yopilgan bir qancha ko`chalar ochilmoqda(Foto)
Toshkentda shanba kuni bir vaqtning o`zida bir qancha joylarda o`tgan yillarda yopilgan ko`cha qismlarini ochish bo`yicha ishlar boshlab yuborildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Mustaqillik shoh ko`chasining Oqqo`rg`on, Abdulla Qodiriy va Sayram ko`chasining 7-tor ko`chasi bilan kesishgan qismlarida ishlar olib borilmoqda. Bundan tashqari, Oybek va Fidokor ko`chalari chorrahasidagi yo`lovchilar o`tish yo`li ham qayta ochilmoqda.