Toshkentda issiq suv va isitish tizimi tariflari oshadi
1 oktyabrdan Toshkentda markaziy isitish tizimi va suv ta’minotining yangi tariflari amalga kiritalidi. Bu haqda “Toshissiqquvvati” korxonasi sayti orqali xabar berildi.
Tariflarning oshirilishi energiya manbalari va materiallarining narxi oshishi bilan bog‘lanmoqda.
Issiq suvning kubometri hisoblagich o‘rnatilgan uylar uchun 3174.05 so‘mni (hozir — 3015.87 so‘m, 5.2 foizlik o‘sish) va hisoblagich o‘rnatilmagan uylar uchun kishi boshiga oyiga 12395.4 so‘mni tashkil qiladi (hozir — 11777.69).
Markaziy isitish tarifi 1 kv m ga 1019.59 so‘mdan 1073.06 so‘mga oshiriladi.