Toshkentda Islom Karimov sharafiga ishlangan haykallar loyihasi namoyish etildi (Foto)
3 aprel, dushanba kuni O`zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko`rgazmalari zalida Islom Karimov haykalini yaratish bo`yicha xalqaro ochiq tanlov ko`rgazmasi ochildi.
Tanlovda O`zbekiston, Ukraina, Janubiy Koreya, Turkmaniston, Italiya, Avstraliya va Germaniyadan 58 nafar haykaltarosh qatnashdi. Ular tomonidan jami 68 loyiha taqdim etilgan.
Tanlov g`oliblari tarkibi O`zbekiston hukumati tomonidan tasdiqlangan hakamlar hay`ati tomonidan aniqlanadi.