Qarorga muvofiq, Islom Karimov siymosini yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovda g‘olib deb topilgan haykallar
O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahriga;
Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan Samarqand shahriga;
u kishi birinchi rahbar bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahriga o‘rnatiladi.
Mazkur qaror “xalqimizning samimiy tilaklari va xohish-irodasidan kelib chiqib, ona Vatanimiz mustaqilligi, el-yurtimiz ravnaqi yo‘lidagi buyuk tarixiy xizmatlarini inobatga olib, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti, O‘zbekiston Qahramoni Islom Abdug‘aniyevich Karimovning yorqin xotirasini abadiylashtirish maqsadida” qabul qilingan.
Avvalroq O‘zbekistonda har yili Islom Karimov tavallud topgan sana (30-yanvar) mamlakat bo‘ylab keng nishonlanishi, Birinchi Prezident vafot etgan sana (2-sentabr) esa Xotira kuni sifatida yod etilishi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda 2-sentabr har yili Islom Karimov Xotira kuni sifatida yod etiladi
Bundan tashqari, Toshkent xalqaro aeroporti, Asakadagi avtozavod, mamlakat bo‘ylab markaziy ko‘chalar va boshqa qator obyektlarga Islom Karimov nomi berilishi, Samarqand shahrida esa Islom Karimov yodgorlik majmuasi qurilishi ma’lum bo‘ldi.
Mavzuga doir: Toshkent xalqaro aeroporti va boshqa qator obyektlarga Islom Karimov nomi beriladi
O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2016-yil 2-sentabr kuni vafot etgan edi. U 3-sentabr kuni Samarqandning Hazrati Hizr masjididagi qadimiy qabristonga dafn etilgan.
Mavzuga doir: Samarqandda Islom Karimov yodgorlik majmuasi barpo etiladi