Toshkentda hovlisiga nasha ekkan “dehqonlar” fosh etildi
Toshkentning Yashnobod tumanida istiqomat qiluvchi Konstantin ismli shaxsning uyi tekshirilganda, u hovlisiga ikki tup nasha urug‘ini qadagani ma’lum bo‘ldi. Dastlab u aybini inkor qilishga, nashani tasodifan o‘sib chiqqan yovvoyi o‘t deb ko‘rsatishga intildi. Keyinchalik uning aybdorligi isbotlab berildi.
Bundan tashqari, “Ogoh” gazetasining yozishicha, Olmazor tumanida yashovchi Hamidullaning uyida 2 tup 211.53 gr marixuana moddasini ekib yetishtirayotgani aniqlangan.
Bu ikki shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi.