Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, ertaga, 27 oktabr kuni Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi 23–25 daraja, kechasi 8–10 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kunduzi 15–20 daraja, kechasi 3–8 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 21–26 daraja, 5–10 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo harorati kunduzi 21–26 daraja, kechasi 7–12 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati kunduzi 22–27 daraja, kechasi 7–12 daraja iliq bo‘ladi.
Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi 18–23 daraja, kechasi 5–10 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.