Toshkentda futuristik piyodalar yo`lagi paydo bo`ldi (FOTO)
Toshkentdagi Qatortol ko`chasining Cho`ponota ko`chasi va Kichik halqa yo`li (“Shuhrat” chorrahasi) oralig`idagi qismida futuristik ruhdagi piyodalar yo`lagi paydo bo`ldi. Uning suratlari Facebook'dagi “Molodaya fotografiya Uzbekistana” sahifasida e`lon qilingan, deb yozadi Daryo.uz nashri.
Ta`mirdan chiqarilgan yo`lak bo`ylab o`rnatib chiqilgan yoritkichlar esa unga futuristik kayfiyat bag`ishlagan.