Toshkent shahrining Yunusobod tumanida fohishaxona saqlagan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
"Joriy yilning 13 noyabr kuni Yunusobod tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 8 noyabr kuni soat 17:00 da fohishaxona aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, 39 yoshli ayol O.L. uyida 100 ming so‘m evaziga yolg‘iz qolmoqchi” bo‘lgan shaxslar qo‘lga olingan.
Ushbu fakt asosida Jinoyat kodeksining 131-moddasi (“Fohishaxona saqlash yoki qo‘shmachilik qilish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi", deyiladi xabarda.