Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkentda chiqindixona gazidan elektr energiyasi olinadi


O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi delegatsiyasi a’zolari Koreya Respublikasiga tashrifi doirasida “Sejin G&E Co. Ltd” kompaniyasi vakillari bilan Ansan shahridagi chiqindilarni qayta ishlovchi “Ansan Recycling Center” korxonasiga tashrif buyurdilar. Bu haqda Jahon axborot agentligi xabarberdi.

Xabarda aytilishicha, korxona qattiq maishiy chiqindilarni saralash bilan shug‘ullanib, Ansan shahri aholisiga xizmat ko‘rsatadi. Qattiq maishiy chiqindilarni saralash va qayta ishlashning yillik hajmi 15 ming tonnani tashkil etadi.

Korxona qattiq maishiy chiqindilarning 80 foizgacha bo‘lgan foydali komponentlarini saralash imkonini beruvchi zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlangani aytib o‘tilgan.

Uchrashuv davomida tomonlar kelgusidagi hamkorlik bo‘yicha o‘zaro fikr almashib, kompaniya rahbariyati O‘zbekiston Respublikasida chiqindilarni kompleks boshqarish sohasida olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholagan.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda “Sejin G&E Co. Ltd” kompaniyasi o‘rtasida qattiq maishiy chiqindilarni utilizatsiya qilish va qayta ishlash, Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan Toshkent shahar poligonida chiqindixona gazini qayta ishlab, undan elektr va issiqlik energiyasini olish texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqishni ko‘zda tutuvchi memorandumni imzolash rejalashtirilgan. Loyihaning umumiy qiymati 50-60 mln. AQSh dollari ekani ma’lum qilingan.

Zohirshoh Jo‘raev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2644 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Toshkentda, chiqindixona
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:46
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное