18 oktabr Toshkent shahrida ilk qor uchqunlarini ko‘rish mumkin bo‘ldi. Erta tongdan boshlangan kuchli yomg‘ir kunduz kuni qorga aylandi.
Gidrometeorologiya xizmati markazi 18 oktabr kuni poytaxtimiz Toshkent shahrida yomg‘ir yog‘ishini va qorga aylanashini xabar qilgandi. Ayni vaqtda havo harorati 10-12 daraja iliq. G‘arbdan esayotgan shamol tezligi soniyasiga 12-17 metrgacha ko‘tariladi.
Avvalroq, Andijon viloyati va Qamchiq dovoni, shuningdek, Chimyon tog‘i ham qor ostida qolgani haqida xabar berilgandi. Bugun qor Toshkent shahriga ham yetib keldi.
19-20 oktabr kunlari mamlakatimiz bo‘ylab havo harorati keskin tushib ketishi mumkin. Kechqurun ayrim hududlarda harorat, hatto, 2 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda