O‘zbekistonda 6-oktabr, payshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, payshanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +3…+8 daraja, Toshkent shahrida +10…+12 daraja, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +8…+13 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +9…+14 daraja, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +11…+16 daraja iliq bo‘ladi.
6-oktabr kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida havo harorati +15…+20 darajagacha, Farg‘ona vodiysi viloyatlari va Toshkent shahrida +20…+25 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida +22…+27 darajagacha, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +24…+29 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
|