Toshkentda 6-avgust kuni havo harorati +39 daraja issiq bo‘ladi
6-avgust, shanba kuni O‘zbekistonning tog‘li va Toshkent shahridan boshqa barcha hududlarida havo harorati +40 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, shanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +13…+18 daraja, Toshkent shahrida +21…+23 daraja, qolgan barcha joylarda +20…+25 daraja iliq bo‘ladi.
6-avgust kuni kunduzi esa tog‘li joylarda havo harorati +25…+30 daraja, Toshkent shahrida +37…+39 daraja, qolgan barcha hududlarda +35…+40 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.