Bugun, 23 yanvar kuni soat 06:27 da O‘zbekistonda kuchli zilzila qayd etildi. Zilzila asosan Toshkent shahri hududida yuqori darajada sezilgani ma’lum. Toshkent seysmologiya markazidagi manbalarimizga ko‘ra, Toshkentda zilzila o‘rtacha 4 ball bo‘lgan.
Evropa-O‘rta yer dengizi seysmologiya markazi O‘zbekiston va uning atrofida qo‘shni mamlakatlar bo‘yicha zilzilalarni qayd etmagan.
Hozircha Toshkent seysmologiya markazi zilzila tafsilotlarini ochiqlaganicha yo‘q. Talofot va jabrlanganlar haqida aniq ma’lumotlar kelib tushmadi.