Toshkentda 3-iyul kuni havo harorati +38 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekistonda 3-iyul, yakshanba kuni havo harorati avvalgi kunlarga nisbatan biroz salqinroq bo‘ladi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Yakshanbaga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +10…+15 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +17…+22 daraja, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida +18…+23 daraja, Toshkent shahrida +20…+22 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 3-iyulga o‘tar kechasi havo harorati +20…+25 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
3-iyul kuni kunduzi tog‘li joylarda havo harorati +20…+25 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +31…+36 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +32…+37 daraja, Toshkent shahrida +36…+38, qolgan hududlarda +38…+39 darajagacha issiq bo‘ladi.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 3-iyulga o‘tar kechasi va 3-iyul kuni kunduzi qisqa muddat yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, shamolning tezligi esa soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayishi ehtimoli bor.