Xabar berishlaricha, 16-sentabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +10…+15 daraja, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida +13…+18 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida +15…+20 daraja, Qashqadaryo, Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +16…+21 daraja iliq bo‘ladi.
Juma kuni kunduzi mamlakatning tog‘li joylarida havo harorati +16…+21 daraja, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida +23…+28 daraja iliq, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +27…+32 daraja, qolgan barcha hududlarda, xususan, Toshkent shahrida +35 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.
16-sentabrga o‘tar kechasi va 16-sentabr kuni kunduzi Toshkent shahridan boshqa barcha hududlarda shamolning tezligi soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.