Toshkentda 11-iyul kuni havo harorati +41 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekistonning aksariyat hududlarida 11-iyul, dushanba kuni havo harorati +42 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 11-iyul kuni kunduzi O‘zbekistonning tog‘li hududlarida havo harorati +28…+33 daraja, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +35…+40 daraja, Toshkent shahrida esa +39…+41 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida dushanba kuni havo harorati +37…+42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda..