Toshkent jamoat transportida yo‘l haqi 20 foizga oshadi
2016-yilning 1-aprelidan e’tiboran Toshkentda jamoat transporti — avtobus, metro, tramvay yo‘lkirasi narxi oshiriladi. Bu haqda, “Toshshahartransxizmat” kompaniyasidagi manbalarga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Aytilishicha, jamoat transportidan foydalanish bahosi 1000 so‘mdan 1200 so‘mga ko‘tariladi.
Oxirgi marta Toshkentda jamoat transporti narxi 2014-yilning 15-iyunida oshirilgan edi.