Toshkent davlat texnika universitetiga yangi rektor tayinlandi
Sadritdin Maxamatdinovich Turobjonov Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori etib tayinlandi. Bu haqdagi ma’lumot universitet rasmiy saytida berilgan.
U bu lavozimda TDTUni 2016 yildan beri boshqarib kelgan Rizaev Farhod Hamidullaevichni almashtirdi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, 52 yoshli texnika fanlari doktori, professor Sadritdin Turobjonov avval Toshkent kimyo-texnologiyalari instituti rektori sifatida ishlagan. 1996 yildan 2003 yilga qadar aynan Toshkent Davlat texnika universitetining o‘quv ishlari buyicha prorektor lavozimida ham faoliyat yuritgan.