Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Toshkent aholisiga Yangi yilni uyda kutish tavsiya etildi

Toshkent hokimiyati poytaxt aholisiga Yangi yil bayramini uyda yoki mehmonda nishonlashni tavsiya qilmoqda, yilning oxirgi kunida aksariyat restoran va kafelar ishlamaydi, deb aytdi hokimiyatning axborot-tahliliy guruhi rahbari Bahodir G‘oibnazarov “Sputnik Uzbekistan” nashriga.
G‘oibnazarovning aytishicha, bunday cheklovlar, birinchi navbatda, restoranlarga ehtiyoj yo‘qligi bilan bog‘langan, chunki o‘zbekistonliklar an’anaga ko‘ra Yangi yilni uyda nishonlaydilar. Ba’zi toshkentliklar korporativ kechalar uyushtirishni odat qilgan mehmonxona restoranlari 31 dekabrda ishlaydi.
“Boshqa restoran va kafelarga bormaslik tavsiya qilinmoqda, chunki Yangi yil oilaviy bayram. O‘zbek xalqi shundayki, bu hattoki cheklov emas, shunchaki bunga ehtiyoj yo‘q. Bu og‘zaki tavsiya – keling, shunday qilaylikki, Yangi yilni uyda yoki mehmonda nishonlaylik”, deb aytdi G‘oibnazarov.
G‘oibnazarov bu og‘zaki tavsiyaligini va cheklovlar faqatgina 31 dekabrda amal qilishini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, Samarqandda ham Yangi yil kechasi bar va restoranlarning ishlashi bo‘yicha cheklov kiritildi. Barcha ko‘ngilochar muassasalar 23.00 gacha ishlashi, ularga tashrif buyuruvchilar soni 400 kishidan oshmasligi kerakligi belgilab qo‘yildi.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 10833 | Рейтинг: 0| Рейтинг: tavsiya etildi, uyda, Toshkent aholisi, yangi yil, kutish
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное