Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Tolibon a’zolari 11 nafar saylovchining barmoqlarini kesib tashladi

Afg‘onistonda Tolibon harakati a’zolari o‘n bir nafar fuqaroning ko‘rsatkich barmoqlarini kesib tashladi. Bunga sabab aholining yakshanba kuni o‘tkazilgan prezident saylovida ishtiroki bo‘ldi. Yakshanba kunining o‘zidayoq 150 ta terrorchilik harakati yuz berib, unda 50 ga yaqin kishi halok bo‘ldi.
“Biz saylovga o‘z prezidentimizni saylash uchun tashrif buyurgan edik, — dedi jabrlanuvchilardan biri. — Shundan keyin bizni ushlab, barmoqlarimizni kesib tashlashdi”.
“Jabrlanuvchilarning barmoqlaridan hatto saylovlarda ishlatiladigan siyohning izi ketmagan edi, — deydi shifoxona rahbari. — Ularning barmoqlarini hech qanday anesteziyasiz, o‘tkir pichoq bilan kesib tashlashdi”.
Prezident saylovlarining ikkinchi bosqichida Afg‘onistonning sobiq tashqi ishlar vaziri Abdullo Abdullo va sobiq moliya vaziri Ashraf G‘ani kurash olib bordi.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 7627 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Tolibon
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:15
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное