Afg‘onistonning shimoli-sharqiy qismida joylashgan Badahshon viloyatida “Tolibon” harakati jangarilari 18 nafar afg‘on askarini o‘ldirdi. Bu haqda Agence France-Presse axborot agentligi xabar berdi.
“18 nafar afg‘on askari qiynoqlarga solinib o‘ldirilgan, ulardan 8 nafarining boshi tanasidan judo qilingan”, deb ta’kidlamoqdalar mahalliy hokimiyat vakillari.
Afg‘oniston Mudofaa vazirligi ushbu holatni tasdiqladi hamda to‘qnashuvlar oqibatida 33 askar halok bo‘lgani, yaralangani hamda bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan. Ayni paytda yo‘qolgan harbiylarni qidirish bo‘yicha operatsiya o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Human Rights Watch tashkiloti Afg‘onistonning yuqori lavozimli mansabdor shaxslarini “Tolibon” qulagandan keyin olomon qilish hamda jazo berishning vahshiyona usullariga ruxsat berganlikda ayblagan edi.
“Tolibon harakati” ko‘pgina davlatlarda terrorchilik tashkiloti sifatida tan olingan.