Tojikiston, Bruney va Somalida Yangi yil nishonlanmaydi
Bruneyda Yangi yilni nishonlaganlar 5 yilga ozodlikdan mahrum etiladi.
Uchta musulmon mamlakatida 1 yanvar Yangi yil kirib kelishini bayram sifatida nishonlash rasman taqiqlandi deb xabar bermoqda “Anadolu” axborot agentligi internet saytida.
Ma’lumotlarga qaraganda, Tojikiston, Bruney hamda Somali mamlakatlarida Yangi yilni oddiy kun sifatida o‘tkaziladi.
Bruney qirolligi aholisining ko‘pchiligi islom diniga e’tiqod qilgani sababli, qirollikda Yangi yilni bayram sifatida nishonlaganlar 5 yilga ozodlikdan mahrum etiladi.
Tojikiston Respublikasi Ta’lim vazirligi Yangi yil uchun archa bezatish va mushakbozlikni qilishni taqiqlagan.
Somalida esa taqiqlarga sabab deb Yangi yilning nasroniylar bayrami bo‘lgani ro‘kach qilib ko‘rsatilyapti.