Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

To‘ylar bo‘yicha qaror stolda qolib ketgani yo‘q


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joiy yilning 2-3 mart kunlari Navoiy viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida bugungi zamon to‘ylarini qattiq tanqid qilib, dabdabali to‘ylarga chek qo‘yish va ularni tartibga solish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qarori qabul qilinish haqida aytgan edi.

Oradan ko‘p o‘tmay, Senat qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi. 15 kun davom etgan muhokamadan so‘ng, Oliy Majlis Senatining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisida ushbu qaror senatorlar tomonidan ko‘rib chiqildi.

Senatning “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solishga oid jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tuzilib, uning tarkibi tasdiqlandi.

Respublika ishchi guruhi ushbu qaror yuzasidan jamoatchilik fikrini o‘rganib, kecha, 24 aprel kuni Oliy Majlis Senatida o‘tkazilgan navbatdagi yig‘ilishda tahlil natijalarini ma’lum qildilar.

Yig‘ilishda Madaniyat vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Musulmonlar idorasi, Yoshlar ittifoqi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Savdo-sanoat palatasi kabi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtrok etgani aytilmoqda.

O‘rganishlar jarayonida aholidan bu borada jamoatchilik nazoratini o‘rnatish zarurligi haqida asosli takliflar kelib tushgan. Tumanlarda istiqomat qiluvchilar hududlarning o‘ziga xos jihatlariga, to‘y-hasham va osh berish marosimlarida ishtirok etuvchilar soniga, to‘y marosimlarini o‘tkazish vaqtida kelin-kuyovni olib yuradigan yengil avtomashinalar miqdoriga alohida e’tibor qaratish lozimligini bildirgan. Jamiyatda qabul qilingan odob-axloq qoidalariga qat’iy amal qilish zarurligi, shuningdek pullik avtotransport xizmati lisenziyaga ega bo‘lmagan tashuvchilar tomonidan ko‘rsatilishiga, milliy urf-odat va an’analarni mensimaslik, shuhratparastlik, dabdababozlik, isrofgarchilik holatlariga, mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligiga putur yetkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha talablar ijro etilishini nazorat qilish zarurligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishda to‘yxonalarning infratuzilmasini yaxshilash, masalan, avtotransport vositalarini saqlash joylarini barpo etish, kafe va restoranlarga yaqin hududda yashovchi aholining tinchligi va osoyishtaligini buzmaslik, ovoz darajasi uchun qoida va normalar belgilash, sanitariya-gigiena qoidalariga, oziq-ovqat mahsulotlari sifat talablariga, xavfsizlikka rioya etish bo‘yicha aholidan kelib tushgan takliflar atroflicha muhokama qilindi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4836 | Рейтинг: 0| Рейтинг: To‘ylar bo‘yicha, qaror, qolib, ketgani yo‘q, stolda
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное