Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Shavkat Mirziyoev Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida qaror imzoladi.

Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida

2017 yil 24 avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3241-son qarori

Muborak Qurbon hayitining ma’naviy hayotimizdagi o‘rni, mohiyati va ahamiyatini, xalqimizga mansub mehr-oqibat, shukronalik va bag‘rikenglik ramzi ekanini e’tiborga olib, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrash va ulug‘lash maksadida:

1. O‘zbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 1 sentabr juma kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2017 yil 1 sentabr mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.

2. Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamg‘armalari va boshqa barcha mutasaddi idoralar, jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda o‘tishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.

3. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Qurbon hayitini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh.Mirziyoev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4485 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shavkat Mirziyoev, qaror, Qurbon hayiti
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:42
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное