Shavkat Mirziyoev ichimlik suvi ta’minoti to‘g‘risidagi farmonni imzoladi
Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev energiya resurslaridan oqilona foydalanish to‘g‘risida qaror qabul qilgani to‘g‘risida xabar bergan edik.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash, xususan suv ta’minoti va suv xo‘jaliklari xizmatlarini tubdan yaxshilash hamda mazkur sohasidagi to‘lov intizomini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Prezident farmonida aholining ichimlik suviga nisbatan o‘sib borayotgan ehtiyojini qondirish, xizmat sifatini yaxshilash, shu bilan birga, suv ta’minoti sohasidagi aholi qarzdorligini kamaytirishga doir masalalar tilga olingan.
Mazkur farmonning to‘liq matni saytimiz sahifalarida e’lon qilinadi. Bizni kuzatishda davom eting.