Yosh bo‘lishiga qaramay, xalqimiz mehrini qozonib, xit taronalar taqdim etib kelayotgan Sanjar halikov yaqin kunlarda yangi ijod mahsulini muxlislari e’tiboriga havola qiladi. Uning navbatdagi taronasi "Dil pora" deb nomlangan. Xonanda ushbu musiqiy asarni videoklipi bilan birga namoyish etishni rejalashtirgan ko‘rinadi. Chunki, u allaqachon ushbu tarona uchun videoklip tasvirga oldirishga ulgurdi va deyarli tayyor. Klip rejissyori Dilmurod Agzamov. Tasvirchi Rustam Murodov. Trek va syujetni o‘z ichiga olgan video asarda Ahmad Temurov va Feruza Normatova bosh rollarni ijro qilgan.