Shu kunlarda kino shinavandalari e’tiboriga turli janrlardagi bir qator filmlar namoyish qilinmoqda. Xalqimiz tomonidan iliq kutib olinayotgan kartinalar qatori yana bittaga ortish arafasida. Rejissyor Dilshod Ahmedovning yangi “Qotil fitnasi” nomli psixologik dramasi 19 dekabrdan katta ekranlar yuzini ko‘radi. Mazkur kinokartinada yosh va iste’dodli aktyor va aktrisalar jalb qilingan. Jumladan Ma’rufxon Muhammedov, Faridam, Malika, Sardor Ahrorov va boshqa ijodkorlar qatnashishgan. Eslatib o‘tamiz, Dilshod Ahmedov shu kunlarda “Omonat” seriali ustida ham ish olib bormoqda.