AQShning Texas shtati janubi-sharqidagi Polk okrugidagi uyda kamida 5 kishi o‘ldirildi. Bu haqda okrug sherifi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Bu haqdagi xabar 11-fevral kuni mahalliy vaqt bilan 10:32 da kelib tushgan. Voqea joyiga kelgan politsiya xodimlari o‘qotar quroldan otib o‘ldirilgan bir necha kishining jasadiga duch kelgan.
“Hozirda mazkur xususiy uyda 5 kishi o‘lganini tasdiqlashimiz mumkin”, — deyiladi politsiya xabarida.