27 sentabr kuni iroqlik model va ijtimoiy tarmoq yulduzi Tara Fares Iroq poytaxti Bag‘dod shahrida noma’lum shaxslar tomonidan otib o‘ldirildi. Sobiq go‘zallik tanlovi g‘olibi va Instagram’da 3 millionga yaqin kuzatuvchilariga ega Fares shaharning Kam-Sara tumanida o‘ldirilgan. Faresni o‘ldirgan shaxslar topilmagan. Tergov ishlari boshlangan. 22 yoshli model o‘ldirilishidan oldin, bir necha bor unga tahdid qilingan. Avvalroq, Iroqning Basra shahrida inson huquqlari himoyachisi Suad al-Ali otib ketilgani haqida xabar bergan edik.
Shahrulloxon Lutfilloxonov