Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Uyda qorin mushaklarini (press) chiqarish


Tanani chiniqtirishga oid har qanday mashg‘ulotlar to‘g‘ri ovqatlanishdan boshlanadi.

Ovqatlanish ratsioni
Maxsus parhez tutish shart emas. Sizning ratsioningiz to‘yimli va energetik qiymati yuqori bo‘lishi kerak. Shunda mashg‘ulotlar uchun yetarli kuchga ega bo‘lasiz. Kuniga 5-6 mahal kichik porsiyada ovqatlaning. Ularning ichida quyidagi mahsulotlar ham bo‘lishiga e’tibor bering.

Dengiz mahsulotlari
Ular stress gormonini pasaytiradi. Yomon kayfiyatdaligingizda yeyishga o‘rgangan shirinliklar va zararli yeguliklar xipcha belning “dushmani” hisoblanadi. Bundan tashqari, baliq organizm uchun juda foydali, chunki uning tarkibida omega-3, A, D, E, F vitaminlari, temir va brom moddasi bor.

Zaytun yog‘i
Organizmni tozalab, foydali moddalar singishiga yordam beradi. Diyetologlar organizm faoliyatini yaxshilash uchun har kun ertalab 1 choyqoshiq zaytun yog‘i ichishni tavsiya qiladi.

Qaynatilgan go‘sht
Hayot faoliyatingizda muhim bo‘lgan oqsil manbayi. Har kuni o‘zingiz uchun tovuqning to‘sh qismini (filyesini) qaynatib, kichik porsiyalarda kun davomida iste’mol qiling.

Apelsin
Diyetologlar yetarli miqdordagi C vitamini muskullarni mustahkamlashini tasdiqlaydi. Buning uchun har kuni 2-3 dona apelsin yeng yoki bu mevani kiviga almashtirsangiz ham bo‘ladi.

Non
Turli stereotiplarga qaramay, non bel sohasini yog‘sizlantirishga yordam beradi. Faqat uning turini to‘g‘ri tanlay olish kerak: yog‘i kam bo‘lgan, javdar non ma’qul.

Mashg‘ulotlar
Avval badanni qizdirib olish uchun ozgina yugurasiz, badantarbiya mashqlarini bajarasiz. Yugurishga joy bo‘lmasa, sakrog‘ichda 5-10 daqiqa sakrasangiz ham bo‘ladi. Tekis joyga yotasiz. Oyoqlarni yerga tekis qilib uzatasiz, qo‘llar boshning orqasida. Oyoqlaringiz ko‘tarilib ketmasligi uchun yordamchi kuch ularni yerga taqab ushlab turishi kerak. Endi gavdangizni to‘g‘ri ko‘tarib, belingizni bukkan holda oyoqlar tomon yo‘naltirasiz (oyoqlar bukilmasligi kerak) va qayta yotasiz. Shu tariqa davom etasiz.

Bu eng keng tarqalgan usullardan biri hisoblanadi. Ushbu mashqni 20 marta bajarib, har safar 5 tadan qo‘shib boraverasiz. Shu tariqa 50 tagacha yetkazasiz. Tekis joyga yotasiz. Oyoqlarni bukasiz, qo‘llarni boshning orqasiga qo‘yasiz. Endi oyoqlarga gavda bilan egilib, chap qo‘l bilan o‘ng tovonni ushlaysiz, keyingi safar o‘ng qo‘l bilan chap tovonni ushlaysiz. Buni 20 marta takrorlaysiz.

Yotgan holda oyoqlarni birlashtirib, tepaga 45 daraja atrofida ko‘tarasiz va shu holda 20 soniya muallaq ushlab turib, so‘ng tushirasiz. Vaqt o‘tgan sari oyoqlarni ko‘proq ushlab turishga harakat qiling. “Otjimaniye” qilishning nafaqat qo‘l mushaklariga, balki press mushaklariga ham foydasi katta. Uni ham o‘sish tartibida bajarish kerak. Har kuni 5 tadan qo‘shib borib, 50 tagacha yetkazing.

Ziyodaxon G‘ulomova tayyorladi



Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 2160 | Рейтинг: 0| Рейтинг: chiqarish, uyda, qorin mushaklari, press
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 23:08
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное