Tetiklantiruvchi choy Obama va Kim Chen Inni “yarashtirdi”
Xitoy choyi AQSh prezidenti va Shimoliy Koreya yetakchisi o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarga “barham berdi”.
Gap shundaki, ishlab chiqaruvchi tetiklantiruvchi ichimligini tezda ommalashtirish maqsadida uning reklamasida Barak Obama Kim Chen Inni bag‘riga bosib turgani tasvirlangan suratdan foydalanishga qaror qilgan.
Ushbu videorolik XXRda televidenie orqali namoyish etildi, siyosiy munosabatlarni qo‘llab-quvvatlamaydigan ikki rahbar – Obama va Kim Chen In tasvirlangan plakatlar esa shahar ko‘chalarini bezagan.
Ushbu plakatlar ostida: “Ich (mahsulot nomi. – KUN.UZ tahririyatidan), dunyodagi barcha odamlar birlashmoqda”, degan jumla mavjud, deya xabar berdi The Huffington Post nashri.
Mazkur surat internet tarmog‘ida zudlik bilan tarqaldi, hattoki, telefon g‘iloflarida ham paydo bo‘ldi.