Tayvanda yuz bergan zilzila qurbonlari soni 100 kishidan oshdi
Tayvan orolida bir hafta oldin yuz bergan zilzila qurbonlari soni 108 kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
Taynan munitsipalitetida vayron bo‘lgan bino ostida yana to‘qqiz kishi bedarak yo‘qolgan.
Qutqaruvchilar qidiruv ishlarini davom ettirmoqda. Bedarak yo‘qolganlar orasidan tirik qolganlarni topish imkoniyati tobora kamayib borayotganligi ta’kidlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, zilzila oqibatida qurbonlar soni 94 kishiga yetganligi xabar qilingan edi.