Tatariston sudi o‘zining 1, 5 yashar qizini zo‘rlagan erkakni oqladi…
Tergov materiallarida ta’kidlanishicha, Tataristonning Bugulma shahrida yashovchi erkak 2019 yil 27 oktyabr kuni uyda uch farzandi bilan yolg‘iz qolgan. Xotini ishga ketgan. Shu jarayonda u kenja farzandi, 1, 5 yashar qizchasining nomusiga tekkan. Qon keta boshlagach, «Tez yordam»ga xabar bergan. Dastlab xotiniga ham, keyinchalik tergovchilarga ham haqiqatni aytmagan. Podguznigini almashtirayotganda qattiqroq tegib ketganini aytib yolg‘on gapirgan. Ammo oradan ma’lum vaqt o‘tib, harqalay nomussiz, vahshiydan-da vahshiyroq bu erkak nihoyat aybini bo‘yniga oldi. Shundan so‘ng sudga qadar erkakni uy qamog‘iga olishdi. Kuni kecha sud ham bo‘ldi. Biroq erkakni oqladi. Sud zalidan ozod etildi. Tergovchilar, ekspertiza aybini dalillar asosida isbotlaganiga qaramay, sud uni ozod etish haqida hukm chiqardi.